Qurilish mollari do'konlari uchun

Omborda nima borligini bir necha soniyada biling

Har sklad bo'yicha qoldiq, narx, savdo va nasiya bitta tizimda. Sotuvchi omborga qo'ng'iroq qilmaydi, nasiya daftarda yo'qolmaydi, kun yakunini esa telefoningizda ko'rasiz.

Ariza qoldirish

Ro'yxatdan o'tish shart emas. 50 dan ortiq tovarli tayyor do'kon bir necha soniyada ochiladi.

Kassa: kod bo'yicha qidiruv Namuna
Kodni yozing: OB-1042, KR-220, KL-7, TX-15…
Internetsiz sotadiAndroid kassa internet uzilsa ham ishlaydi
Har kuni zaxira nusxaMa'lumotlaringiz serverda saqlanadi
Har do'kon alohidaMa'lumotingizni boshqa hech kim ko'rmaydi
O'zbek tilidaDastur, chek va Telegram bot

Bu holatlar tanishmi?

Do'kon kattalashgani sari daftar va xotira yetmay qoladi. BIZORA aynan shu muammolar uchun qilingan.

«Bu oboy omborda bormi?» deb har safar qo'ng'iroq qilinadi

Sotuvchi kodni yozadi va har sklad bo'yicha qoldiqni darhol ko'radi: telefonda, kompyuterda yoki Telegram botda.

Kim qancha qarzdor, daftardan topib bo'lmaydi

Har nasiya chek bilan bog'langan, qisman to'lovlar saqlanadi. Mijozga to'lov eslatmasi Telegram orqali boradi.

Tovar tugaganini mijoz kelganda bilasiz

Minimal qoldiqdan tushgan tovar haqida tizim o'zi ogohlantiradi, bosh sahifada ro'yxat turadi.

Kun oxirida tushum va foyda aniq emas

Kunlik, haftalik va oylik savdo, foyda, chegirmalar va eng ko'p sotilgan tovarlar avtomatik hisoblanadi.

Sotuvchi qancha chegirma berganini bilmaysiz

Chegirma chegarasini o'zingiz belgilaysiz. Har bir chegirma, qaytarish va o'zgarish audit logga yoziladi.

Internet uzilsa, savdo to'xtaydi

Android kassa internetsiz ham qidiradi va sotadi. Internet kelganda savdolar o'zi serverga yuboriladi.

Veb-panel

Do'kon egasi uchun: tovarlar, xodimlar, kirim, hisobotlar va sozlamalar. Kompyuterda ham, telefon brauzerida ham ochiladi.

Android ilova

Sotuvchi uchun kassa: internet bo'lmasa ham qidiradi va sotadi, chekni 80 mm printerda chiqaradi.

Telegram bot

Kodni yozing, narx va qoldiq darhol keladi. Tugayotgan tovar va nasiya eslatmalari ham shu yerga tushadi.

Do'kon ishining har bir qismi joyida

Tizim do'kondagi kundalik ishga qarab qurilgan: tovar ko'p, nomi bir xil, narx kelishib sotiladi, mijozlar nasiyaga oladi.

Savdo va chek

  • Kelishilgan summa kiritiladi, chegirma o'zi hisoblanadi
  • Bonus tovar va qisman nasiya bitta chekda
  • Chek 80 mm printerda, PDF va Telegramda

Ombor va qoldiq

  • Har sklad bo'yicha qoldiq, kirim va ko'chirish
  • Nomi yo'q tovarlar (oboy turlari) kod bilan topiladi
  • Tovarlarni Excel faylidan bir martada yuklash

Nasiya va mijozlar

  • Nasiya qismlab to'lanadi, har to'lov saqlanadi
  • Qaytarishda chegirma hisobga olinib, summa to'g'ri qaytadi
  • Mijozga to'lov eslatmasi Telegram orqali boradi

Nazorat va hisobot

  • Kunlik, haftalik va oylik savdo, foyda, eng ko'p sotilganlar
  • Har xodimga alohida sklad va ruxsatlar; kirim narxini faqat egasi ko'radi
  • Muhim amallar o'chirib bo'lmaydigan audit logga yoziladi

Daftar, Excel yoki BIZORA

Daftar va Excel boshlash uchun yaxshi. Lekin bir nechta sklad, sotuvchi va nasiya paydo bo'lganda ular yetmay qoladi.

DaftarExcelBIZORA
Qoldiqni bir necha soniyada bilishYo'qFaylni ochib, qidiribKod yozilsa darhol
Bir nechta skladAlohida daftarAlohida varaqlarBitta tizimda
Bir vaqtda bir nechta sotuvchiYo'qFayl to'qnashadiHar biri o'z kassasida
Nasiya va qisman to'lovlarQo'lda yoziladiQo'lda hisoblanadiAvtomatik, eslatma bilan
Chek chiqarishYo'qYo'q80 mm printer, PDF, Telegram
Foyda hisobiYo'qFormula yozish kerakHar kuni tayyor
Xodim nazoratiYo'qYo'qRuxsatlar va audit log
Internetsiz ishlashHaHaHa, Android kassada

O'zingiz sinab ko'ring: bir bosishda tayyor do'kon

Demo do'konda oboy, kraska, kley, asboblar va santexnikadan 50 dan ortiq tovar, ikkita sklad, mijozlar va oxirgi haftadagi savdolar bor. Soting, nasiya yozing, hisobotlarni ko'ring. Ma'lumotlar faqat sizga ko'rinadi va 24 soatdan keyin o'chiriladi.

Qanday boshlanadi

  1. Ariza qoldiring

    Siz bilan bog'lanib, do'koningiz uchun hisob ochamiz va tarif tanlashda yordam beramiz.

  2. Tovarlarni yuklang

    Excel faylidagi tovarlar, narxlar va boshlang'ich qoldiq bir martada tizimga tushadi.

  3. Xodimlarni qo'shing va soting

    Har sotuvchiga login bering, ilovani o'rnating. Birinchi savdodan hisobotlar to'plana boshlaydi.

Tariflar

Oylik to'lov yoki faqat sotganingizda to'lov. Tariflar narx, sklad, xodim va tovar soni bilan farqlanadi. Qaysi biri mos kelishini bilmasangiz, ariza qoldiring: birga tanlaymiz.

Tariflar yuklanmoqda…

Ko'p beriladigan savollar

Javob topilmasa, ariza qoldiring yoki demo'da o'zingiz tekshirib ko'ring.

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Android kassa ilovasi internetsiz ham tovar qidiradi va sotadi. Internet qaytganda savdolar o'zi serverga yuboriladi. Veb-panel esa internet bilan ishlaydi.

Tovarlarim juda ko'p. Ularni kiritish qiyin emasmi?

Tovarlar, narxlar va boshlang'ich qoldiqni Excel faylidan bir martada yuklash mumkin. Kod bo'yicha qidiruv o'n minglab tovarda ham bir zumda ishlaydi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har do'konning ma'lumoti boshqalardan to'liq ajratilgan. Har kuni zaxira nusxa olinadi. Kirim narxi va foydani faqat do'kon egasi ko'radi, muhim amallar o'chirib bo'lmaydigan audit logga yoziladi.

Qanday qurilmalar kerak?

Sotuvchi uchun oddiy Android telefon yoki planshet yetadi. Do'kon egasi veb-panelni kompyuterdan yoki istalgan telefon brauzeridan (iPhone ham) ochadi. Chek uchun 80 mm Bluetooth yoki USB termoprinter ulanadi.

Sotuvchilar o'g'irlik qilmasligini qanday nazorat qilaman?

Har xodimga alohida login va faqat kerakli ruxsatlar beriladi. Chegirma chegarasini siz belgilaysiz. Har savdo, chegirma, qaytarish va qoldiq o'zgarishi kim tomonidan qilingani bilan saqlanadi.

Faqat qurilish mollari uchunmi?

Tizim qurilish mollari do'konlari ehtiyojiga qarab qilingan (kod bo'yicha tovar, metr va kg kabi kasr birliklar, nasiya). Shunday ishlaydigan boshqa do'konlarga ham mos keladi: demo'da tekshirib ko'ring.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Tanlangan tarif bo'yicha oylik to'lov. To'lov muddati yaqinlashganda tizim oldindan eslatadi. Batafsil shartlarni ariza qoldirganingizda tushuntiramiz.

Android ilova

Oxirgi versiya tekshirilmoqda…

Ilova Google Play'da emas, shu saytdan yuklanadi. Yangi versiya chiqqanda ilovaning o'zi taklif qiladi. Kirish uchun login va parolni do'kon egasi beradi.

  1. APK faylni yuklab oling. Yuqoridagi tugmani bosing.
  2. Faylni oching. Telefon «Noma'lum manbadan o'rnatish»ga ruxsat so'rasa, Sozlamalarga o'tib brauzeringizga ruxsat bering.
  3. O'rnatish tugmasini bosing.
  4. Ilovani oching va do'kon egasi bergan login va parol bilan kiring.

Do'koningizni BIZORA'ga ulang

Ariza qoldiring: siz bilan bog'lanamiz, savollaringizga javob beramiz, hisob ochib, tovarlaringizni yuklashda yordam beramiz.

  • Do'koningizga mos tarifni birga tanlaymiz
  • Excel'dagi tovarlarni tizimga yuklab beramiz
  • Sotuvchilarga ilovani o'rnatishni ko'rsatamiz

Ariza

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Ariza